Instagram ilova orqali xaridlarni amalga oshirish funksiyasini ishga tushirdi
Instagram servisi mobil telefonlarda onlayn-xaridlarni amalga oshirish uchun yangi funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Kompaniya rasmiy blogida ma'lum qilinishicha, mazkur funksiya hozircha ijtimoiy tarmoqning faqat AQShdagi iOS platformasi foydalanuvchilariga ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.
"Yangi funksiya foydalanuvchilarga xariddan oldin brend bilan tanishish va tovarlarni qo‘lga kiritish jarayonini osonlashtirish imkonini beradi", - deya ta'kidlanadi kompaniyada.
Bugungi kunda sinovda Instagram bilan birga Kate Spade va JackThreads kabi 20 riteyl-brend ishtirok etmoqda.
Onlayn-xarid mexanizmi bir necha qadamdan iborat bo‘ladi: Instagram reklama postining quyi qismi chap tomonida "tap to view" ("ko‘rish uchun bosish") yozuvi paydo bo‘ladi, bu yerda foydalanuvchilar mahsulot va uning narxi haqida batafsil ma'lumotni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Xarid "shop now" ("hozir xarid qilish") yozuvini bosish orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
21:56 / 18.09.2024
Instagram o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy qilmoqchi
21:49 / 17.09.2024
Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi
17:06 / 14.09.2024
Bukmekerlik kompaniyasining logotipidan foydalangan reklama agentligi jarimaga tortildi
20:34 / 31.08.2024