"Olmaota mergani"ga o‘lim jazosi tayinlandi
Olmaota shahri jinoiy ishlar bo‘yicha maxsus tumanlararo sudi Ruslan Kulekbayevga oliy jazo tayinladi. U Olmaota shahrida shu yilning iyul oyida sodir etgan terrorchilik harakati uchun o‘lim jazosiga loyiq ko‘rilgan.
Mahkama qarorini sud majlisiga raislik qilgan Yerlan Bolatov o‘qib eshittirgan, deb xabar qilmoqda "Interfaks" agentligi. Sud hukmi xavfsizlik choralari kuchaytirilgan holda qo‘riqlanayotgan tergov izolyatorida e'lon qilingan.
Kulekbayev Qozog‘iston Jinoyat kodeksining ikki yoki undan ko‘p kishi o‘ldirish, qotillikka urinish, qaroqchilik, qurolni noqonuniy aylanmasi, qurol o‘g‘irlash, avtotransportni o‘g‘irlash va noqonuniy ozodlikdan mahrum etish bandlari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
2016 yil 18 iyulda qurollangan erkak Olmaota markazidagi Olmali tumani politsiya xodimlariga qarata o‘q uzgani oqibatida, 10 kishi jumladan 8 nafar huquq idoralari xodimi halok bo‘lgan edi.
Hujum qilgan shaxs ushlangan. U ikki marta sudlangan, salafiylik oqimi a'zosi 26 yoshli Ruslan Kulekbayev ekani aniqlangan. Ruslan qasos olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir etganini aytgan.
Qozog‘istonda 2003 yildan beri o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etilgan bo‘lib, oliy jazoni tayinlash bekor qilinmagan.
Mavzuga oid
20:48 / 26.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni BMT Kotibiyatiga topshirdi
14:10 / 26.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston Sirdaryo bo‘yida suv o‘lchash stansiyalarini o‘rnatadi
14:06 / 26.09.2024
Yaponiyada sud 56 yil avvalgi qotillik uchun o‘limga hukm qilingan erkakni oqladi
19:18 / 25.09.2024