Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirdi. UzDaily xabariga ko‘ra, Sherzod Shermatov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
Sherzod Shermatov (1977 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat texnika universiteti (1998 yil) va Yyel universiteti (AQSh, 2000 yil) bitiruvchisi hisoblanadi.
Bunga qadar Sherzod Shermatov Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi. Ungacha esa Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi (hozirgi — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) raisi o‘rinbosari bo‘lgan.
U vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida Alisher Fayzullayevni almashtiradi. Alisher Fayzullayev Intellektual mulk agentligi direktorligiga tayinlandi.
Inha universiteti rektori sifatida esa mazkur Oliy ta'lim muassasasida ma'muriy masalalar bo‘yicha menejyer vazifasini bajargan Sarvar Boboxo‘jayev ishni davom ettiradi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024