AQShda 6 noyabrga o‘tar kechasi soat millari bir soatga orqaga surildi
AQShning aksariyat hududida qishki vaqtga o‘tish maqsadida 6 noyabrga o‘tar kechasi soat millari bir soatga orqaga surildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Qishki vaqtga o‘tish mamlakatning butun hududida majburiy hisoblanmaydi. Jumladan, mamlakatning Arizona shtati, uning tarkibiga kiruvchi Havayi, Puerto-Riko, Virjiniya orollari, Guam, Shimoliy Marian orollari va Amerika Samoasida hamisha yozgi vaqt amal qiladi.
AQShning sharqiy sohilida joylashgan Vashington va Nyu-Yorkda soat millari surilgach, Toshkent bilan farq 10 soatni tashkil qiladi.
AQShda birinchi marta yozgi vaqtga o‘tish o‘sha vaqtdagi prezident Vudro Vilson buyrug‘i bilan 1918 yilda joriy qilingan. Biroq bir yil o‘tgach qonun chiqaruvchilar bunga qarshilik qilishgan. 1966 yilga kelibgina, AQShda soat millarini surish haqida tegishli qonun qabul qilingan.
Mavzuga oid
20:34
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024