O‘zbekiston | 17:54 / 10.11.2016
4488
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zMUda o‘tayotgan xalqaro simpoziumning ikkinchi bo‘limi quvvatning yangilanib turuvchi manbalariga bag‘ishlandi

10-11 noyabr kunlari davomida Toshkentda fundamental va amaliy fizika masalalariga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasida ish boshlagan xalqaro simpozium o‘z faoliyatini O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetida davom ettirmoqda. Bu haqda universitetning jurnalistika fakulteti matbuot xizmati xabar bergan.

"Ishtirokchilar uchun ajratilgan 3-bo‘limda quvvatning yangilanib turuvchi manbalari bo‘yicha masalalar to‘g‘risida so‘z borishi ko‘zda tutilgan", deya ta'kidlab o‘tdi plenar majlis raisi A. Gusev.

Mazkur bo‘limda so‘zga chiquvchi tadqiqotchilardan dastlabki ma'ruzani Rossiya fanlar akademiyasining fizika va yarim o‘tkazgichlar instituti fizika-matematika fanlari doktori Oleg Pchelyakov taqdim etdi.

O‘z taqdimotida Pchelyakov tomonidan sun'iy yo‘ldoshlarning faoliyatini ta'minlovchi materiallar samaradorligini quyosh energiyasi hisobiga oshiruvchi zamonaviy ishlanmalar to‘g‘risida so‘zlab o‘tdi.

Yig‘ilganlar mavzuning soha taraqqiyotida qanchalik ahamiyatli ekani yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Mavzuga oid