Amerikaliklar Trampni qo‘llagan firma mahsuloti bo‘lgan krossovkalarni yoqib yubormoqda
Amerikaliklar New Balance firmasi krossovkalarini bu firma AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Donald Trampni qo‘llagani uchun yoqishga kirishdi. CNN xabariga ko‘ra, jamoatchilik noroziligiga kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi vitse-prezidenti Mettyu LiBrettonning chiqishi sabab bo‘ldi.
«Obama ma'muriyati bizning so‘rovlarimizga gung va soqov kabi munosabatda edi. Endi yangi saylangan prezident Tramp bilan biz to‘g‘ri yo‘lda bo‘lamiz», — degandi u. Keyinroq New Balance vakillari «to‘g‘ri yo‘nalish» deyilganda Trampning Transtinch okeani hamkorligi bo‘yicha pozitsiyasi nazarda tutilganini aytishdi.
Respublikachi Tramp 9 noyabr kuni prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani e'lon qilindi. Shundan so‘ng mamlakatning yirik shaharlarida saylov yakunlaridan norozi bo‘lgan kishilar norozilik namoyishlari o‘tkaza boshladi. Nyu-Yorkda birinchi kuni 3 hududda norozilik mitinglari boshlandi, keyinchalik guruhlar birlashdi, politsiyachilar 16 kishini qo‘lga oldi. Kaliforniyaning Oklend shahrida ham ommaviy noroziliklar davom etdi. Bu yerda odamlar o‘t qo‘ya boshlashdi va shunday xitoblar qilishdi: «U bizning prezident emas!», «Bu ko‘chalarmi? Bu bizning ko‘chalar!»
New Balance — Amerikadagi sport liboslari va buyumlari ishlab chiqaruvchi brend bo‘lib, uning firmalari asosan oyoq kiyimlari va aksessuarlar tayyorlaydi. Kompaniyaga 1906 yilda Uilyam J. Ralli asos solgan.
Politico: Tramp AQShni Transtinch okeani hamkorligidan olib chiqadi
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021