Jahon | 10:18 / 13.11.2016
5224
1 daqiqa o‘qiladi

Pokistonda sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 52 nafarni tashkil qilmoqda

Foto: Cnn

Pokiston janubida joylashgan Belujiston provinsiyasidagi Shoh Nuriy ibodatxonasida harakatga kelgan kuchli portlash oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi, 100dan ziyod kishi jarohatlandi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.

Avvalroq qurbonlar soni 45 kishi ekani aytilgandi. Telekanalda keltirilishicha, portlash vaqtida binoda 600 nafargacha kishi bo‘lgan.

Pokistondagi nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, o‘z-o‘zini portlatib yuborgan xudkush 14 yashar o‘spirin yigit bo‘lgan. Terakt diniy ibodat o‘tayotgan vaqt amalga oshirilgan. Halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Mahalliy hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu teraktni IShID terrorchilik harakati o‘z zimmasiga olgan. 

Mavzuga oid