Xalqaro jinoyat sudi MRB va AQSh qurolli kuchlari Afg‘onistonda harbiy jinoyatlarni amalga oshirganligini ma'lum qildi
Xalqaro jinoyat sudi prokurori Fatu Bensuda AQSh qurolli kuchlari hamda Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Afg‘onistonda so‘roqlar vaqtida qiynoq qo‘llash va boshqa harbiy jinoyatlarni amalga oshirganlari haqidagi ma'ruzani chop etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Sud fikricha, AQSh idoralari harbiy jinoyatlar, jumladan qiynoqlar, odamlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, shaxs qadr-qimmatini kamsitish va zo‘ravonlik amalga oshirgan.
Ma'ruzada qayd qilinishicha, AQSh qurolli kuchlarining jinoyatlari 2003 yil 1 mayidan 2014 yil 31 dekabrigacha kamida 61 kishiga nisbatan amalga oshirilgan.
Ma'ruzada Bensua MRB 2002 yil dekabridan 2008 yil martigacha Afg‘oniston va sudga a'zo boshqa davlatlar, jumladan Polsha, Ruminiya va Litva hududida 27 kishiga nisbatan harbiy jinoyatlar amalga oshirganini ko‘rsatib o‘tgan.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024