Jamiyat | 13:50 / 16.11.2016
7185
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh shaharlaridan birining meri Mishel Obama haqidagi postdan keyin iste'foga chiqdi

Foto: © Getty Images

Kley shahri (G‘arbiy Virjiniya Beverli Ueyling) meri Facebook'da AQSh prezidentining turmush o‘rtog‘i Mishel Obama haqidagi sharhi bilan bog‘liq mojarolardan keyin iste'foga chiqdi. Shahar kengashida vakolatlari uch yildan keyin tugashi kerak bo‘lgan Ueyllingning o‘rindoshi tezroq topilishiga umid qilishmoqda. 

Hammasi Clay County Development Corp mahalliy notijorat kompaniyasi rahbari Pamela Teylorning Facebook'dagi irqchilikka doir postidan keyin boshlangan. U o‘zining sahifasida Mishel Obamani poshnali poyabzal kiygan maymunga qiyoslagan. Ueylling shu post ostida tasdiqlovchi sharh yozib qoldirgan: "Pem, sen meni xursand qilding". 

Shundan so‘ng ikki ayol ham irqchilikda ayblangan. Natijada Teylorni ma'muriy dam olishga jo‘natishdi, Ueylling esa uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi, oxir-oqibat u iste'foga chiqishga qaror qildi. 
 

Mavzuga oid