O‘zbekiston hukumati Pokistondagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xub shahrida (Belujiston provinsiyasi) sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga samimiy ta'ziya bidirilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarini izhor etdi.
Pokiston janubidagi Bobo Shoh Nuroniy masjidida 13 noyabr kuni sodir etilgan terakt oqibatida oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kamida 52 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralandi. Portlash chog‘ida binoda 500-600 kishi bo‘lgani bildirilmoqda.
Pokiston matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, 14 yoshli o‘smir o‘zini portlatib yuborgan.
Mavzuga oid
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
14:10 / 10.09.2024