Janubiy Koreya prezidenti Tokio sammitida ishtirok etishi mumkin
Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe dekabr oyida Tokioga tashrif buyuradi. U bu yerda Yaponiya va Xitoy rahbariyatlari bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda, Janubiy Koreya davlat rahbari ma'muriyati ma'lum qilmoqda.
"Yakuniy kun tartibi tasdiqlanishi lozim, ammo prezident uchtomonlama sammitda ishtirok etishni rejalashtirayapti", - deb qayd etgan prezident devoni rasmiy vakili matbuot brifingida.
19-20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyan va Yaponiya hukumati rahbari Sindzo Abe ishtirok etadi. O‘tgan safar shu kabi uchrashuv Seulda bo‘lib o‘tgan edi.
Kuzatuvchilarning fikricha, bunday rejalarning e'lon qilinishi Pak Kin Xening iste'foga chiqish rejasi yo‘qligini anglatadi. So‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, Koreya prezidentining mamlakat fuqarolari orasidagi reytingi 5 foizgacha tushib ketgan. Uning faoliyatini 90 foiz kishi salbiy baholaydi.
Janubiy Koreya yetakchisi 40 yildan ortiq tanish bo‘lgan qohin dugonasining davlat ishlariga aralashishiga imkon berganlikda gumon qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:20 / 27.09.2024
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024