AQShda xususiy turmalar Tramp tufayli boyib ketishi mumkin
Joriy yil avgustida AQSh adliya vazirligi mamlakat hududida mahbuslarni saqlash uchun xususiy turmalardan foydalanishni to‘xtatmoqchi ekanligini e'lon qilgandi. Bu e'lon ortida dunyo axloq-tuzatish tizimidagi eng yirik kompaniya bo‘lgan Corrections Corporation of America aksiyalari bir onda qadrsizlanib ketdi va AQShdagi prezidentlik saylovlarigacha qadrsizlanishda davom etib kelgandi.
Biroq Trampning g‘alabasidan keyin kompaniya aksiyalari narxi 40 foizga yuqorilab ketdi. Corrections Corporation of America’ning asosiy raqobatchisi GEO GROUP aksiyalari esa 30 foizga qimmatlashdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Bunday keskin o‘sishning sababi shundaki, Tramp jinoyatchilikka, jumladan noqonuniy muhojirlarga qarshi qattiqqo‘llik bilan kurashishga va'da bergan.
"Biz jinoyatchi va sudlangan barchani – jinoiy to‘dalar a'zolari va giyohvandfurushlarni qo‘lga olamiz. Ular 2 yoki hattoki 3 mln nafar bo‘lishi mumkin. Biz ularni mamlakatdan chiqarib yuboramiz yoki turmaga tiqamiz", deb aytgandi Tramp g‘alabasidan keyin bergan intervyusida.
Investorlar xususiy turmalar aksiyalari katta salohiyatga egaligini ko‘rmoqdalar, biroq shu bilan birga bu borada ehtiyotkorlik alomatlarini namoyish qilmoqdalar. Trampning bu boradagi rejalari amalga oshsa, axloq-tuzatish muassasalari quvvatlarini qo‘shimcha kengaytirish talab qilinishi borasida hozircha aniqlik yo‘q.
ICE hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni vaqtda AQShda sudlanganlikka ega, jumladan viza va grin-kartaga ega bo‘lgan 1,9 mln muhojir bor.
Mavzuga oid
22:30
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024