Jamiyat | 11:55 / 19.11.2016
9963
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Tyumen viloyatida ro‘y bergan yong‘inda halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlandi

Arxiv surat / RIA

Rossiyaning Tyumen viloyati Yurginsk qishlog‘idan 7 km uzoqlikdagi "Absolyut Agro" MChJga qarashli parrandachilik fermasining qurilish maydonida yong‘in yuz bergan. 32 kvadrat metr maydonda yashash uchun o‘rnatilgan vagonlarda yong‘in sodir bo‘lgani oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. 3ta maxsus mashinada yetib kelgan 8 nafar o‘t o‘chiruvchi alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Baxtsiz hodisada yana 3 kishi jabrlangani xabar qilinmoqda. 

Ayni vaqtga kelib, halok bo‘lganlardan olti nafarining shaxsi aniqlangan, deya ma'lum qilgan RIA “Novosti” agentligiga FVV mintaqaviy  Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Sergey Yusko.

Uning ma'lum qilishicha, voqea 19 noyabrga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar shu yerda qurilish ishlarini olib borgan. Fojia sabablari o‘rganilmoqda. 
 

Mavzuga oid