Domodedovodagi samolyotda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan bezori 10 kunga hibsga olindi
Domodedovo aeroportidagi samolyotda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan, Moskva — Dubay reysi yo‘lovchisi mayda bezorilik uchun 10 kunga hibsga olindi, deb xabar bermoqda ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Moskva — Dubay aviareysi bortida qoidani buzgan yo‘lovchi Moskva viloyati Domodedovo shahar sudi tomonidan ma'muriy javobgarlikka tortilib, 10 kunga hibsga olindi", deb aytdi vazirlik vakili.
Avvalroq aeroportning navbatchi qismiga Domodedovo aeroportidan uchishi kerak bo‘lgan reys yo‘lovchisi samolyotda bomba borligini ma'lum qilgani haqida axborot kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari samolyot bortida hech qanday xavfli buyum aniqlashmagan.
Mavzuga oid
15:50 / 07.06.2024
OAV: AQSh yangi gravitatsion bombani ishlab chiqishga qaror qildi
15:40 / 02.01.2024
Rossiya samolyoti Voronej oblasti ustida o‘q-dorilarni tashlab yubordi
12:54 / 16.11.2023
Reuters: Eron uchta atom bombasini yaratishga qodir
11:30 / 24.10.2023