O‘zbekistonda o‘tgan to‘qqiz oyda tashilgan yo‘lovchilar soniga oydinlik kiritildi
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi respublika ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining to‘qqiz oyiga oid hisobotini e'lon qildi. Xususan, 2016 yilning yanvar-sentabr oyida O‘zbekiston transport sohasining barcha turlarida 1173,8 mln tonna yuk tashilgan va bu o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘p demakdir. Shu bilan birga yuk aylanmasi 67,0 mlrd tonnani tashkil etdi yoki 2015 yilning xuddi shu davriga nisbatan 5,7 foizga oshgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Umumiy tashilgan yuklar hajmida avtomobil transporti ulushi 91,8 foizni (1077,3 mln tonna), temir yo‘l transporti ulushi 4,3 foizni (50,8 mln tonna), quvur yo‘li transportining ulushi 3,9 foizni (45,7 mln tonna) tashkil qildi.
Yuk aylanmasi tarkibida avtomobil transportining ulushi 37,3 foizni, quvur yo‘li transportining ulushi 36,5 foizni, temir yo‘l transportining ulushi 26,1 foizni tashkil etadi. Hisobot davrida transportning barcha turlarida 5 666,4 mln yo‘lovchi tashildi va 2015 yilning yanvar-sentabriga nisbatan 4 foizga oshgan. Yo‘lovchi aylanmasi 79,5 mlrd yo‘lovchi/kmga teng bo‘lgan va 4,1 foizga ko‘paygani ta'kidlanmoqda.
Yo‘lovchilarni tashishdagi eng katta ulush, ya'ni 99 foizi avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi, yo‘lovchi aylanmasida uning ulushi 89,5 foizga teng bo‘lgan.
Temir yo‘l transportida jo‘natilgan yo‘lovchilar soni 15,5 mln. kishini tashkil etdi yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,0 foizga o‘sdi, yo‘lovchi aylanmasi 2016 yilning yanvar-sentabrida 2,9 foizga oshdi va 2 954,7 mln yo‘lovchi/kmni tashkil etdi.
Mavzuga oid
11:49 / 06.11.2024
Ayrim shaxslarga temiryo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
11:00 / 26.09.2024
Bishkekda davlat xizmatchilariga shaxsiy avtomobilda ishga borish cheklandi
18:19 / 21.09.2024