Basketbol to‘pi orqali yangi jahon rekordi o‘rnatildi
180 metr balandlikdan basketbol to‘pini aniq nishonga olgan avstraliyalik Derek Xennon yangi jahon rekordini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu ajoyib video YouTube'ning How Ridiculous kanaliga joylashtirildi.
Derek bunday natijaga erishishi uchun do‘stlari bilan bir necha oy tayyorlandi, mashq qildi. Yigitlar aynan qaysi joyda bu ishni amalga oshirish mumkinligi ustida o‘ylanib, tanlovni Shveytsariyaning Mauvoysin to‘g‘onida to‘xtatishdi.
Videoda uchinchi urinishda amalga oshirilgan rekord natija namoyish qilingan.
Derek joriy yilning may oyida Oklaxoma-Sitidagi "Cheyz-tauer" binosining tomidan, 162 metr balandlikdan basketbol to‘rini aniq nishonga olishning uddasidan chiqqan edi.
Mavzuga oid
14:50
Shveytsariya parlamenti Golodomorni genotsid deb tan oldi
00:26 / 24.09.2024
Avstraliyada yolg‘on chegirmalar e’lon qilgan supermarketlar sudga berildi
23:10 / 22.09.2024
Shveytsariya aholisi bir yil ichida ikkinchi marta pensiya islohotiga qarshi chiqdi
15:20 / 17.09.2024