Fan-texnika | 23:31 / 23.11.2016
12288
2 daqiqa o‘qiladi

Ko‘l tubida bir yil yotgan iPhone 4 soz holatda qolgan

Foto: Daniel Kalgren

AQShning Pensilvaniya shtatidan muhandis Deniyel Kelgrin qurib qolgan ko‘l tubidan metall qidirgich yordamida iPhone 4 smartfoni topib olgan. Smartfon loy tagida bir yildan ko‘proq qolganiga qaramasdan, ishchi holatda bo‘lgan. Bu haqda Buzzfeed News xabar bermoqda

Smartfon yer tagida 15 sm chuqurlikdan topilgan. Erkak uni tozalab, quritib, kompyuterga ulaganda, u yoqilib ishga tushib ketgan.

"Bu smartfon men o‘sha kuni topgan yagona narsa edi. Men uning raqamini ko‘rish uchun uni yoqa oldim. Telefon egasi u hozir menda ekanligini biladi va men uni egasiga jo‘natmoqchiman", degan Kelgrin.

Smartfon egasi Maykl Gantrum ismli shaxs bo‘lib chiqqan. U telefonni 2015 yil mart oyida muz ustida baliq ovlash vaqtida ko‘lga tushirib yuborgan.

Gantrum avval telefon soz holatda ekanligiga ishonmagan, biroq unga ekranni bloklashda chiqadigan surat yuborilganda u o‘zining iPhone’ini tanigan.

 

Mavzuga oid