Florida osmonida olov shar kuzatildi
AQShning Florida shtati osmonida guvohlar g‘ayritabiiy olov sharni tasvirga olishdi. Voqea 21 noyabr kechki vaqt yuz bergan. Venetsiya shahri aholisi osmonda uchayotgan yorqin jismni payqashgan. Ushbu holat aks etgan bir necha video internetda joylashtirilgan. Foydalanuvchilar ushbu hodisaga o‘z izohlarini berganlar. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ba'zi foydalanuvchilar sayyoramizga o‘zga sayyoraliklar tashrif buyurishganini taxmin qilishgan, boshqalar esa sharning paydo bo‘lishini AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat bilan bog‘lashgan.
Biroq AQSh meteorologlar jamiyatida ushbu hodisaga aniq tushuntirish berildi. Mutaxassislar Florida uzra Yer atmosferasida yongan meteorit o‘tganini aytishgan. Samo jismi shimoli-g‘arb tomon uchib ketib, u yerda butkul yonib yo‘q bo‘lib ketgan. Olimlarning aytishicha, jismning tezligi soniyasiga 17 km ni tashkil qilgan, sharning o‘lchami esa basketbol to‘pinikidek kelgan.
Mavzuga oid
21:32 / 10.09.2024
AQShda fermer qimmatbaho meteoritni 30 yil eshik tirgagi sifatida ishlatib kelgani ma’lum bo‘ldi
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
18:50 / 05.08.2024
Florida sohillariga «Debbi» to‘foni yopirildi
07:39 / 16.07.2024