Fan-texnika | 15:54 / 24.11.2016
10172
2 daqiqa o‘qiladi

Nokia’ning yangi smartfoni xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Foto: © RIA Novosti

Nokia bozorga qaytib, tanaffusdan so‘ng o‘zining ilk smartfonlarini Barselonadagi Mobile World Congress 2017 (MWC 2017) ko‘rgazmasida (2017 yil 27 fevral-2 mart) taqdim etadi. The Android Soul insayderlik manbasi Nokia flagmanining o‘ziga xos jihatlarini ma'lum qildi.

Uskuna Android operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. U suvdan himoyalangan metalli korpusga ega bo‘lishi kutilmoqda. Insayderlar smartfonning eng muhim parametrlarini ma'lum qilishdi: 

•  Chipset: Qualcomm Snapdragon 820, 4 yadrolik, Adreno 530 grafikasi
•  Ekran: Quad HD (2560x1440 tochek), 5,2 yoki 5,5 dyuym
•  Asosiy kamera: Carl Zeiss obektivi
Nokia smartfonni ishlab chiqarish bilan bevosita shug‘ullanmaydi. Bu vazifa, shuningdek, uskunani bozorda taqdim etish vakolati kompaniya bilan 10 yilga shartnoma tuzgan HMD Global korporatsiyasiga berilgan.

Nokia 2017 yilda hamyonbop D1C (“jonli” foto) smartfonini ham taqdim etishi rejalashtirilgan. Uskuna Snapdragon 430 asosida ishlab chiqiladi.
 

Mavzuga oid