Ostona uchun 3 yangi nom: Qozog‘iston poytaxti uchun qanday nomlar taklif etilmoqda?
Qozog‘iston poytaxtini mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlash bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p takliflar berilmoqda. Variantlar orasida — Nazarboyev, Nursulton va Nur-Ostona nomlari bor. Bu haqda parlament senatining iqtisodiy siyosat, innovatsion rivojlanish bo‘yicha qo‘mitasi raisi Asqar Beysenbayev aytib o‘tdi.
23 noyabr kuni quyi palata deputati Kuanish Sultanov mamlakat mustaqilligining 25 yilligi davomida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab tayyorlangan deklaratsiyada poytaxt shaharni mamlakatning birinchi prezidenti sharafiga qayta nomlashni taklif qilgandi.
"Ostona — hozir barcha o‘rganib qolgan nom. Ammo bu nomning o‘zi "poytaxt" ma'nosini beradi. Shu tufayli biz davlatimiz rahbarining xizmatlari e'tirofi sifatida prezident nomi tarixiy hujjatlarda aks etishi kerak deb hisoblaymiz. Bugungi kunda Nazarboyev brendi Qozog‘iston uchun juda foydali", — degan senator jurnalistlarga.
U shaharni qayta nomlash taklifi muhokama etilishini aytib o‘tgan.
"Balki Nazarboyev, balki Nursulton yoki Nur-Ostona. Buni muhokama qilamiz", — degan Beysenbayev.
Sobiq Ittifoq davrida Qozog‘iston poytaxti Olma-Ota shahri bo‘lgan. 1998 yilda avval Oqmola nomida bo‘lgan shahar Qozog‘iston poytaxti maqomini olgan va unga Ostona nomi berilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 21.03.2019
Kreml Nazarboyev iste'foga chiqishdan oldin nima uchun Putinga qo‘ng‘iroq qilganini oshkor etdi
23:21 / 20.03.2019
Ketdi, lekin ketmadi: Nazarboyevning iste'fosi nimani anglatadi?
00:42 / 30.09.2018
Nazarboyev «Turkistan» maxsus hududini yaratish topshirig‘ini berdi
09:16 / 08.09.2017