Jahon | 16:32 / 25.11.2016
29633
1 daqiqa o‘qiladi

Putin xavfsizligiga mas'ul general hibsga olindi

Foto: Twitter/@spektronline

Rossiya Federal qo‘riqlash xizmati xodimi, general Gennadiy Lopirev qonunchilikni buzganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi. Bu haqda FQXning OAV va jamoatchilik bilan aloqalar markazi bayonot bergan. 

«FQXning Kavkazdagi bo‘linmalarida o‘tkazilgan ichki tekshiruvlar davomida mavjud qonunchilik me'yorlari jiddiy buzilgani aniqlangan», — deyiladi xabarda. Hozirda, to‘plangan hujjatlar tergov idoralariga topshirilgan. Hozircha, qanday qonunbuzarliklar haqida gap borayotganiga oydinlik kiritilmagan. 

Mavzuga oid