“Trastbank” XAB Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
“Trastbank” XAB Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi. Bu haqda Bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslar bank faoliyati yuzasidan hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat va takliflar bilan qulay va zamonaviy usulda “Trastbank” XAB Boshqaruv raisining virtual qabulxonasiga elektron tarzda murojaat yuborishlari mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bankning rasmiy www.trustbank.uz veb-saytida hamda murojaat@trustbank.uz elektron manzilida o‘zbek va rus tillarida Bank Boshqaruv raisining virtual qabulxonasi tashkil etilgan.
“Bundan tashqari, bankning (0 371) 244-25-73 raqamli “Ishonch telefoni” orqali og‘zaki murojaatlar qabul qilinadi. Shuningdek, mijozlarning bank faoliyatiga oid turli savollari bo‘yicha 140-00-88 raqamli “Call markaz”i ham faoliyat yuritmoqda”, deyiladi xabarda.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
22:06 / 02.03.2020
«Trastbank»ning Termiz filiali yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:07 / 22.04.2019
Qozog‘iston prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi
12:32 / 07.06.2018
Jizzaxda birinchi xususiy bank
17:47 / 31.05.2018