O‘zbekiston | 21:43 / 25.11.2016
42950
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zA: O‘zbekistonda 6 daqiqa ichida 2 marta zilzila ro‘y berdi

O‘zbekiston milliy axborot agentligi bugun O‘zbekistonda sezilgan zilzilalar haqida xabar tarqatdi

Agentlikning «Toshkent» seysmologiya markaziga asoslanib xabar berishicha, bugun O‘zbekistonda ikki marta zilzila kuchi sezildi.

«Bugun, 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:19 hamda 19:25da ikki marta yer silkinish hodisasi qayd etilgan. Zilzila epimarkazi poytaxtdan 410 km uzoqlikda Xitoy hududida joylashgan», deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, O‘zbekiston hududida zilzila kuchi Toshkentda 3 ballga, Namangan va Andijonda 3-4 ballga, Farg‘onada esa 4 ballga teng bo‘lgani keltirib o‘tilgan.

Respublikaning boshqa hududlarida ushbu hodisa sezilmagani va jabrlanganlar hamda talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘qligi aytib o‘tilgan.

Mavzuga oid