Jahon | 19:54 / 25.11.2016
8676
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya hukumati tarix darsliklariga "to‘g‘irlash" kiritdi

Foto: © RIA

Janubiy Koreya ta'lim vazirligi 25 noyabr, juma kuni maktablardagi tarix darsliklariga kiritilgan rasmiy o‘zgartirishlar haqida ma'lum qildi. Bu haqida Ryonxap agentligi xabar berdi

Manbaga ko‘ra, "to‘g‘irlash" kiritilgan dasrliklar kelasi haftada foydalanishga topshiriladi. 

Xususan, Koreyaning yapon mustamlakasidan ozod qilingan kuni - 1945 yilning 15 avgusti yangi o‘quv dasrliklarida "Koreya Respublikasiga asos solingan kun", deb ataladi. 

Seul hukumatiga ko‘ra, KXDRga tegishli barcha ma'lumotlar tanqidiy nuqtai nazardan bayon qilinishi kerak. 

Darsliklarda Koreya Respublikasining ilk ayol prezidenti - Pak Kin Xe (sobiq diktator Pak Chon Xining qizi) rahbarligi ostidagi hozirgi ma'muriyat haqidagi ma'lumotlar cheklangan bo‘ladi. 

 

Mavzuga oid