Muxolifat: Prezident Pak Kin Xega impichment e'lon qilish masalasi shu hafta hal bo‘lishi mumkin
Janubiy Koreya muxolifati mamlakat parlamentida prezident Pak Kin Xega impichment e'lon qilish bo‘yicha ovoz berishni 2 dekabrda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublikaning ikkita yirik muxolifat kuchlari - "Toburo" demokratik partiyasi va Xalq partiyasi vakillari bayonot berishdi.
"30 noyabrda biz impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlab bo‘lamiz va uni parlament muhokamasiga kiritamiz. Juma, 2 dekabrda u bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilishi mumkin", - deyiladi muxolifatning qo‘shma bayonotida.
Prezidentni hokimiyatdan chetlatish borasida ilgari surilayotgan asosiy sabablar sifatida, "Pak Kin Xening konstitutsiyani buzgani", hamda "poraxo‘rlik, hokimiyatdan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, davlat sirini fosh qilish" kabilar ilgari surilmoqda.
Realmeter ijtimoiy xizmatining xabariga ko‘ra, prezident bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi oqibatida hukmron "Senuri" partiyasining mahalliy aholi orasidagi tarafdorlari soni 2,8 foizga pasayib, 16,2 foizni tashkil etgan.
"Hukmron partiya obro‘si tushib borayotgan bir vaqtda, muxolifatni qo‘llab-quvvatlash darajasi ortib borayapti". Hozirda, "Toburo" demokratik partiyasini ma'qullovchilar soni 2,5 foizga o‘sgan va 33 foizga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyada prezident Pak Kin Xening dugonasi bilan bog‘liq "Chxve Sun Sil ishi" mamlakatda keskin noroziliklar va jiddiy siyosiy mojaroga sabab bo‘ldi.
Respublika Konstitutsiyasiga ko‘ra, amaldagi davlat rahbariga nisbatan faqatgina davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:06 / 04.09.2024
Telegram Janubiy Koreya rasmiylari talabini bajardi va uzr so‘radi
15:18 / 02.09.2024
Janubiy Koreya Telegram’ga nisbatan tergov boshladi
00:03 / 30.08.2024