Jahon | 18:12 / 29.11.2016
7245
2 daqiqa o‘qiladi

Filippin prezidentining 7 nafar qo‘riqchisi bomba portlashidan jabr ko‘rdi

Foto: EPA

Filippin prezidenti Rodrigo Duterteni qo‘riqlovchi 7 nafar xavfsizlik xizmati xodimi va 2 nafar harbiy seshanba kuni, ya'ni davlat rahbarining bu yerga kelishidan bir kun avval  mamlakat janubida bomba portlashi natijasida jabrlangan. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi

Milliy xavfsizlik vaziri Delfin Lorenzananing ma'lum qilishicha, prezidentning qo‘shimcha qo‘riqchilari bo‘lgan yuk mashinasi yonida qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar tezkorlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. 

Xabarda aytilishicha, yuk mashinasining avtokolonnasi tarkibida prezident "pul"idagi (davlat rahbari faoliyatini yorituvchi) jurnalistlar ham harakatlanayotgan bo‘lgan, lekin ularning hech biriga ziyon yetmagan.

Duterte janubiy Mindanao orolida radikal islomiy ayirmachilarga qarshi jang olib borayotgan hukumat harbiylarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat janubiga yo‘l oldi. Manil ma'muriyatidan xabar berishlaricha, prezidentning sodir bo‘lgan voqea tufayli ishchi safarini uzib qo‘yish niyati yo‘q.

"Menga safarni kechiktirishni maslahat qilishdi, biroq men bunday qilmoqchi emasman. Agar imkon bo‘lsa, biz ham o‘sha yo‘nalish bo‘yicha harakatlanamiz va ehtimol, u yerda kichik to‘qnashuv yuz berar... tajriba almasharmidik", - dedi Duterte. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, davlat rahbariga taxminan 50 kishi hamrohlik qilgan. Yo‘lda qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushgan va kortej avtomat quroldan nishonga olingan. 

Mavzuga oid