Jamiyat | 09:28 / 29.11.2016
5106
1 daqiqa o‘qiladi
Kubaga Mayamidan 50 yil ichidagi birinchi reys qo‘ndi
Gavanada AQShning Mayami shahridan 50 yil ichida ilk bor amalga oshirilgan doimiy reys kelib qo‘ndi. U American Airlines aviakompaniyasiga tegishli, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Ta'kidlanishicha, bortida 157 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Xose Marti nomidagi aeroportga qo‘ngan.
Shuningdek, Kubaga AQShdan yaqin sutkalar ichida yana bir reys kelishi lozim. U Nyu-Yorkdan parvozga ko‘tariladi.
Ma'lumot uchun, AQSh transport vazirligi iyunda Kubaga doimiy reyslarni amalga oshirish imkonini olti Amerika aviakompaniyalariga berdi.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024