Apple'ning yangi shtab-kvartirasi videosi tarqaldi
Apple o‘zining Kaliforniyadagi yangi shtab-kvartirasi qurilishining so‘nggi bosqichini yakunlamoqda. Kompaniyaning yangi idorasi ulkan kosmik likopcha ko‘rinishidadir. Bu haqida Recode nashri xabar berdi.
"Kosmik kampus" qurilishi 2013 yilda boshlangan. Obektni 2017 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Sexton Videography Apple'ning yangi shtab-kvartirasini qush parvozi balandligidan tasvirga oldi. Unda kompaniyaning asosiy binosida umumiy maydoni 65 ming kvadrat metrli quyosh panellarini o‘rnatilganini ko‘rish mumkin.
Apple futuristik kampusi 260 ming kvadrat metr maydonni egallagan. Uning hududida 1000 kishini sig‘diruvchi korporativ auditoriya, korporativ fitnes-markaz, kafe, labaratoriyalar mavjud.
Yangi shtab-kvartira qurish rejasi haqida Stiv Jobs 2011 yilda, o‘limiga 4 oy qolganda ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
20:35 / 18.09.2024
Kaliforniyada marhum aktyorlarning merosxo‘rlari ruxsatisiz ularning raqamli klonlarini yaratish taqiqlandi
21:44 / 17.09.2024