Isroil televideniyesi ko‘rsatuvlari Haram ash-Sharif tasviri va azon tovushi bilan uzib qo‘yildi
Isroilning ikki TV kanali yangiliklarni namoyish etish vaqtida azon ovozi eshitilayotgan Haram ash-Sharif tasvirlari fonida yaqinda bo‘lib o‘tgan yong‘inlar to‘lqini haqidagi xabarlarni o‘qidi. Bu haqida Daily Sabah ma'lum qildi.
Isroilning xususiy 2- va 10-telekanallaridagi ko‘rsatuvlari taxminan 30 soniyacha musulmon olamining diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Quddusdagi Haram ash-Sharif masjidi tasvirlari bilan uzib qo‘yildi. Boz ustiga ekranda tasvirlar bilan birga azon tovushi ham yangradi.
Isroil parlamenti masjidlarda azonning baland ovozda o‘qilishiga chek qo‘yishga doir qonun loyihasini ilk marta ovozga qo‘yishi kutilmoqda.
Mamlakat aholisining taxminan 17,5 foizi arablardan iborat, ularning aksariyati - musulmonlar. Arablar yaxudiylar jamiyatini ularning huquqini kamsitishda ayblashmoqda.
Isroilning Demokratiya instituti bu taklifga qarshi chiqdi. Amaldorlardan biri o‘ng siyosatchilarni bu masalani ko‘tarib, xavfli "o‘yin"ni boshlaganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Isroilning G‘arbiy qirg‘oqlarida yirik yong‘inlar sodir bo‘ldi. Buning natijasida yuzlab uylar yonib bitdi, 10 minglab kishilar evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
12:00
Isroilning yangi mudofaa vaziri: «Hizbulloh» mag‘lub etib bo‘lindi
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024