Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi (Video)
Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘onida (Olmaota viloyati ma'muriy markazi) amaldagi prezident Nursulton Nazarboyevga qo‘yilgan haykal tantanali ravishda ochildi, deb xabar qilmoqda viloyat ma'muriyati axborot xizmati.
"Bugun Toldiqo‘rg‘on shahrida mustaqillikning 25 yilligi arafasida davlat rahbari Nursulton Abishevich Nazarboyevga o‘rnatilgan haykal tantanali ravishda ochildi", — deyiladi xabarda.
Balandligi 4,2 metr bo‘lgan haykal bronzadan ishlangan bo‘lib, uning 4,5 metrlik asosi jigar rang granitdan tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, bu Qozog‘istonda Nazarboyevga o‘rnatilgan birinchi haykal emas. Uning figurasi Olmaota va Ostonada ham qo‘yilgan. Shuningdek, davlat rahbariga boshqa mamlakatlarda ham haykallar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024
Rossiya xavfsizlik kuchlari Ukrainaga qarshi urushdan bosh tortgan harbiyni Qozog‘istondan o‘g‘irlab ketdi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024