Sport | 12:56 / 01.12.2016
9446
1 daqiqa o‘qiladi
Beyl qachon maydonga qaytishi ma'lum bo‘ldi (Foto)
«Real» hujumchisi Garet Beyl jarohati yuzasidan jarrohlik amaliyotidan o‘tgach, uning tiklanish muddati ma'lum bo‘ldi.
AS nashri xabariga ko‘ra, uelslik futbolchi 2-3 oyga emas, balki undan ham ko‘proq muddatga safdan chiqqan. U 2017 yilning apreligacha futbol o‘ynamaydi.
Natijada, Beyl «Real»ning 25ta o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Futbolchi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Sporting» (2:1) klubiga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.