Jamiyat | 15:37 / 01.12.2016
10031
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy metrosida "yashil" vagonlar ishga tushirildi
Xitoyning Xanchjou shahrida metro vagonlaridan biri ekologik sof transport targ‘iboti sifatida haqiqiy o‘rmonga aylantirildi. Poyezd o‘simlik ekilgan tuvaklar bilan jihozlandi, devor va o‘rindiqlar esa mox va barglar bilan qoplandi. "Yashil" vagon 28 noyabrda atigi 12 soatga ishga tushirildi. Bu haqida Life nashri xabar berdi.
Vagon butkul o‘simliklar bilan qoplandi. Shu tariqa shahar hukumati atrof-muhitni obodonlashtirish uchun jamoat transportini rivojlantirishga chorladi.
12 soat ichida u qadar ko‘p kishilar vagonda bo‘lishga ulgurmagan bo‘lishsa-da, unda bo‘lganlarning aksariyati selfi olishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023