Obamaning Nobel tinchlik mukofotini qo‘lga kiritgani yana bir bor bahslarga sabab bo‘ldi
AQSh prezidenti Barak Obama Nobel tinchlik mukofotiga loyiq bo‘lgan yoki bo‘lmaganini endi tushunish mumkin. Shunday javob Obama matbuot kotibi Jon Ernest tomonidan jurnalistlarning masala yuzasidan bergan savoliga qaytarildi. Manbaga ko‘ra, savol osiyolik erkak tomonidan yo‘llangan.
"2009 yilda Obama Nobel mukofotini olish uchun loyiq ish qilmadi, deyishdi, - dedi Oq uy vakili. Oradan sakkiz yil o‘tgach, kishilarning o‘zi bunga baho berishi mumkin. U butun dunyo bo‘ylab manfaatlarimiz va amerika xalqini himoya qildi", - qo‘shimcha qilgan u. "Prezidentimiz juda katta ishni amalga oshirdi", - deya Obama vakili ishontirmoqchi bo‘lgan.
Ernestning qo‘shimcha qilishicha, "ba'zi holatlarda u amerikalik harbiylarga kishilarni o‘ldirish haqida qaror berishga majbur bo‘ldi. Ular amerikaliklarni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan aslida". Uning aytishicha, Obama AQSh manfaatlarini butun dunyo bo‘ylab himoya qilishga harakat qilgan. U shu maqsadda jahonning boshqa yetakchilari bilan harbiy kampaniyalar bo‘yicha bahs-munozaralarga kirishgani ham aytib o‘tildi.
Biroq, Obamaning prezidentligi davrida Amerika to‘xtovsiz urush olib borayotgani haqida lom-lim deyilmagan. Ernest shuningdek, Afg‘oniston va Iroqdagi holat, shuningdek aynan Obama paytida boshlangan Liviyadagi harbiy operatsiya oqibatlari haqida ham to‘xtalmadi.
Nobel mukofoti mavzusi Obamaning mukofotni qo‘lga kiritgan amerikalik laureatlar bilan uchrashuvi avvalidan tashkil etilgan brifingda bahslarga sabab bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, taniqli qo‘shiqchi, adabiyot bo‘yicha Nobel laureati Bob Dilan Oq uy rahbari bilan uchrashuvga kelmaydi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024