TIMIda “Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!” nomli yoshlar aksiyasi o‘tkazildi
2016 yilning 29 noyabr sanasida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti hamkorligida “Biz taraqqiyot va yorqin kelajak uchun ovoz beramiz!” nomli yoshlar aksiyasi tashkil etildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati saytida xabar berilgan.
Dastlab, aksiya doirasida tadbirni kirish so‘zi bilan institut rektori Xamidov Muxammadxon Xamidovich ochib berdi va tadbir mehmonlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning ishonchli vakili Xojiboyev Abduxakim Mo‘minovich so‘zga chiqib, aksiya doirasida yurtimizda joriy yilning 4 dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga munosib tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida qisqacha mulohazalar bildirib o‘tib, shundan so‘ng nomzodning tarjimai holi va mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirar ekan, bevosita Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti bilan qariyb 15 yillik faoliyati dastlab talaba, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent va O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlariga qadar bo‘lgan taqdir yo‘llarini ayni shu dargohda bosib o‘tganliklarini ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilganlarni nomzodning Dasturi bilan tanishtirib, sud, huquq-tizimini isloh etish, ijtimoiy sohada qator islohotlarni amalga oshirish, “Islohot-islohot uchun emas, islohot insonlar uchun” degan g‘oyalarni umumlashtiruvchi mafkurani ilgari surilishi, transport, sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, san'at, sport sohalarini rivojlantirishimiz va milliy davlatchiligimiz asosi sifatida yoshlar tarbiyasiga katta e'tibor qaratishni dasturil amal qilib belgilab olganliklariga e'tibor qaratdi.
Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati D.Fayziyeva, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist F.Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, suxandon Shuhrat Qayumov va O‘zDJTU o‘qituvchisi N.Yaxyoyeva Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan ijobiy fikrlarini aytib o‘tib, barchani Prezidentlikka nomzod - Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga ovoz berishga chaqirdi.
Institut talabasi Sh.Normurodov o‘z chiqishida O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti yoshlari va ustoz murabbiylari, butun jamoasining faxri ekanliklari, u institut talabasi bo‘lgani, o‘z mehnat faoliyatini shu yerda boshlagani, so‘ng 27 yil mobaynida Respublikaning birinchi prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yonida turib, mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgani xaqida gapirib, institut jamoasi - talaba-yoshlar, ustoz-murabbiylar bugungi kunda mamlakatdagi barqaror tinchlikni, xalqimiz farovonligini, yurtning kelajakda buyuk davlat bo‘lishini ta'minlovchi prezident sifatida faqat Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni ko‘rishlarini, institut yoshlari va barcha xodimlari nafaqat institutda, balki yashab turgan viloyatlarida, shaharlarida, tumanlarida, qishloqlarida, mahallalarda ham shu xulosani xalqqa yetkazishlarini va butun xalqni respublika kelajagi uchun, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev uchun ovoz berishga chaqirishlarini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
16:35 / 22.06.2024
Birja Aloqabank aksiyalari sotuvini to‘xtatdi
07:39 / 19.03.2024