Tomorqasiga nasha urug‘ini ekkan kogonlik ozodlikdan mahrum etildi
Kogon tumani “Saribozor” qishlog‘ida yashovchi Boboyor Mahkamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) go‘yo nasha cheksa charchoqlari chiqib, kayfiyat ko‘tarilishi haqida bir davrada eshitib qoldi-yu, tinchi buzildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
2015 yilning bahor oylarida tanishi Barot O‘lmasovni uchratib “dard”ini aytdi. U nasha urug‘ini topib berishni va'da qiladi. Shundan so‘ng, Boboyor Mahkamov tanishidan “zahri qotil” urug‘ini oldi-da, tomorqasiga ekib, parvarishladi.
“Hosil”ni yig‘ib olgan Boboyor zo‘r xirmon ko‘targan dehqondek xursand edi. Orada o‘zi ham ajal urug‘i ta'mini tatib yurdi. Bunga hamqishlog‘i Sherbek Jo‘raqulovni ham sherik qildi.
2016 yilda esa 10 tup nasha urug‘ini nafaqat tomorqasiga, balki ko‘zdan yashirin, deya gultuvakka ekdi. Ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Boboyor Mahkamov qilmishining oqibatlarini tan oldi. Unga 4 yil muddatga ozodikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
21:29 / 27.09.2024
Chilonzorda “dom” qurmoqchi bo‘lgan firma mansabdorlari tergovga tortildi
18:26 / 16.09.2024