Tramp Qozog‘iston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar qilmoqda yangi davlat rahbarining shtabi.
Ta'kidlanishicha, Tramp Nazarboyev bilan “mintaqaviy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash muhimligi haqida suhbatlashgan”. Shtab ma'lumotlariga ko‘ra, qozog‘istonlik siyosatchi Trampni “saylovlardagi tarixiy g‘alaba” bilan tabrikladi. Amerikalik milliarder esa Qozog‘iston davlat mustaqilligining 25 yilligi yuzasidan samimiy so‘zlarini bildirgan.
Sharif bilan suhbatda esa “AQSh va Pokiston kelajakda kuchli ishchi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashlari” haqida so‘z borgan. Shtabda ta'kidlanishicha, muzokaralar “samarali” bo‘lgan, uning davomida “saylangan prezident bosh vazir bilan uzoq muddatli va iliq shaxsiy munosabatlarga umid qilayotganini ta'kidlab o‘tgan”.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
22:01 / 16.08.2024