AQSh kongressi Pentagonga Rossiya bilan hamkorlik qilishni taqiqlab qo‘ydi
AQSh kongressi vakillar palatasi Pentagonga 2017 yilda pul mablag‘lari taqdim qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu loyiha Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik qilishni taqiqlashni ko‘zda tutadi.
Vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xulosasida aytilishicha, "Rossiya AQShning Yevropadagi hamkorlari va ittifoqdoshlarini qo‘rqitish va ularga tajovuz ko‘rsatishni davom ettirar ekan, ikki tomonlama hamkorlik asossiz hisoblanadi".
Qonun loyihasiga ko‘ra, Vashington va Moskvaning mudofaa sohasidagi hamkorligi AQSh mudofaa vazirligi va davlat kotibi kongressni "Rossiya Ukraina hududining bir qismini okkupatsiya qilishni to‘xtatgani" va go‘yoki "Ukraina va NATO a'zolari suvereniteti va hududiy yaxlitligiga xavf solayotgan" harakatlarni to‘xtatganiga ishontirgandan keyin to‘liq hajmda qayta boshlanishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, AQSh 1997 yildagi kelishuvlarga ko‘ra Qrim hududida yaratilgan Rossiya harbiy bazalarining qonuniyligini hanuzgacha tan olib keladi.
Mavzuga oid
12:00
Reuters: Rossiya Xitoyda yashirincha yangi UUA modelini yaratdi
11:20
OAV: Rossiya Qatar ishtirokida to‘qqiz nafar bolani Ukrainaga topshirdi
01:07
Rossiyada bolali bo‘lgan maktab o‘quvchilariga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berish taklif etildi
22:34 / 26.09.2024