Facebook ijtimoiy tarmog‘i Snapchat’dan ko‘chirmachilik qilishda davom etmoqda
Facebook kompaniyasi Snapchat’ni sotib olishga bir nechta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin servisning ba'zi funksiyalaridan nusxa ko‘chirishni davom ettirmoqda. Biroq bu nusxa ko‘chirilgan funksiyalardan hali birortasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ishtiyoq uyg‘otmadi, deb xabar bermoqda VentureBeat.
Biroq Facebook o‘zinikidan qolmayapti. Bu gal ijtimoiy tarmoq Snapchat Discover’ni eslatuvchi funksiyani tatbiq qilish ustida ishlamoqda. Bu ommaviy auditoriya uchun maxsus kanal bo‘lib, uning yordamida Snapchat o‘zining CNN va BuzzFeed kabi media-hamkorlari kontentini chop etadi. Facebook’ga bu g‘oya yoqqan va endi shunga o‘xshash funksiyani yaratishga urinmoqda.
Agar kompaniya bu funksiyani tatbiq qila olsa, unda bir o‘q bilan ikkita quyonni uradi. Birinchidan, uning media-hamkorlari o‘z auditoriyalarini kengaytirish uchun ijtimoiy tarmoqning yangiliklar tasmasiga yanada ko‘proq ishonch bildiradi. Ikkinchidan, bu ijtimoiy tarmoqqa "soxta" maqolalarga bildirilgan tanqid bilan kurashishga yordam beradi.
Ta'kidlanishicha, ijtimoiy tarmoq yaratayotgan Collections nomli kanal ishonchli yangiliklarni chop etish uchun ajoyib usul bo‘ladi va foydalanuvchilar tasmasida muhim o‘rin egallaydi.
Mavzuga oid
19:42 / 22.10.2024
Facebook va Instagram mashhur insonlardan foydalanilgan reklama firibgarligiga qarshi kurashadi
13:53 / 22.10.2024
Meta bepul ovqatlanish kuponlariga maishiy buyumlar xarid qilgan xodimlarni ishdan bo‘shatdi
23:24 / 12.10.2024
Meta Moldovadagi prezidentlik saylovlari oldidan feyk akkauntlarni o‘chirib tashladi
19:21 / 04.10.2024