O‘zbekiston | 07:29 / 03.12.2016
4113
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti saylovlarida deyarli 118 ming kishi muddatdan avval ovoz berib bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti saylovlarida muddatdan avval ovoz bergan O‘zbekiston fuqarolari soni 117902 kishini tashkil qildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Muddatdan avval ovoz berish 9 kun mobaynida – 24 noyabrdan 2 dekabrgacha o‘tkazildi. Saylov 4 dekabrda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning soni 21 mln kishini tashkil qilmoqda. 

Mavzuga oid