O‘zbekiston | 11:35 / 04.12.2016
8524
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda saylov: Saylovchilardan intervyular

Bugun O‘zbekistonda Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz muxbiri saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovchilarning kayfiyati bilan tanishdi.

Shukrillo So‘fiyev, aktyor:

Mana bugun 4 dekabr O‘zbeksiton Prezidentlik saylovi kuni. Biz oilamiz bilan birga o‘z nomzodimiz uchun ovoz bergani keldik. Saylov jaryoni juda chiroyli o‘tmoqda. O‘ylaymanki, ushbu kun vatanimiz uchun tarixiy voqeaga aylanadi. 

Maftuna Norboyeva, talaba:

Bugun men ilk bor saylovda ishtirok etmoqdaman. To‘g‘risi, hayajonlarim cheksiz. Meni sovg‘alar bilan iliq kutib olishdi. Saylovda barcha fuqarolar erkin ovoz berish huquqiga egaligi meni quvontirdi.

Sobirova Shohida:

Men ushbu mahallada 45 yildan beri yashab kelaman. Bugun nabiralarim, farzandim bilan birga ovoz berishga keldim. O‘zbekiston kelajagi uchun munosib bo‘lgan nomzod uchun ovozimni berdim. Bugungi saylov jarayoni bayram ruhida o‘tmoqda. Yaqinlar, qo‘shnilar bilan diydor ko‘rishish baxtiga muyassar bo‘ldik.

Karimov Sardor, saylov kuzatuvchisi:

Men Xadra mahallasidagi 516 saylov uchastkasida kuzatuvchi vazifasini bajaryapman. Uchastka odamlar bilan gavjum. Barcha jarayon qonuniy tarzda amalga oshirilmoqda. Odamlar o‘z nomzodlariga ovoz berishmoqda.

Yurtimizda ayni damda saylov jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Har bir saylov uchastkalarida vatanimiz madhini kuylovchi qo‘shiqlar, milliy ohanglar jarang sochmoqda.

Mavzuga oid