Jamiyat | 00:03 / 05.12.2016
9014
1 daqiqa o‘qiladi

Gavayi orolida deyarli bir metrlik qor yog‘di

Foto: bbc.com

Oxirgi bir necha kun ichida Gavayi orolida rekord darajadagi qor yog‘di. Orolning ba'zi joylaridagi qor qatlami 90 santimetrga yetgan.

Ob-havo mutaxassislarining aytishicha, qor tropik hududlarda ham yuz berib turadi, biroq bunday past balandliklarda juda kam uchraydi.

Eng kuchli yog‘ingarchilik orolning eng baland cho‘qqilari – Mauna-Kei va Mauna-Loa vulqonlari atrofiga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘rinish deyarli nol darajani tashkil qilayotgani sababli mahalliy aholidan uylarini tark etmaslik so‘ralgan.

Prognozlarga ko‘ra, qor 4 dekabrda ham davom etadi. Orolning boshqa qismlarida jalalar yog‘moqda.

Mavzuga oid