Italiya IIV referendum natijalarini e'lon qildi
Apennin yarimorolida bo‘lib o‘tgan referendumda ovoz berganlarning 60 foizga yaqini konstitutsiya islohotiga qarshi chiqqan. Ushbu islohot bosh vaziri Matteo Rentsi tashabbusi bilan o‘tkazilishi kerak edi. Italiya ichki ishlar vazirligi saytida e'lon qilingan ma'lumotlar referendumning dastlabki natijalariga oydinlik kiritgan.
95 foiz ovoz byulletenlari sanalganidan keyin ma'lum bo‘lishicha, 59,71 foiz saylovchi konstitutsiyaga o‘zgartirish loyihasiga qarshi fikr bildirgan. 40,9 foiz kishi islohot o‘tkazishni ma'qullagan.
IIV ma'lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 68 foizdan ortig‘i o‘z fuqarolik huquqidan foydalangan.
Italiyadagi ushbu referendum bosh vazir Matteo Rentsi tomonidan 2014 yilda taklif etilgan konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha o‘tkazilgan edi. Hukumat qonun loyihasi Respublika Senati vazifasi va vakolatlarini o‘zgartirishni nazarda tutar edi. U ikki yil mobaynida milliy parlamentda muhokama qilinib, shu yilning aprelida ma'qullangandi.
Mavzuga oid
15:17
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
12:50 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Italiya mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
11:10 / 01.11.2024