Qozog‘istonda kichik yoshli bola telefon quvvatlantirgichdan halok bo‘ldi
Qozog‘istonning Aqtau shahrida yetti yashar bola onasining telefonini o‘ynashi oqibatida halok bo‘ldi. Telefon bu vaqtda quvvatlantirgichga ulangan edi.
Mangistau viloyati bolalar shifxonasida ma'lum qilinishicha, ona qizchasi bilan yotishga hozirlangan. Ularning yonida quvvatlantirgichga qo‘yilgan smartfon bo‘lgan. Oradan ma'lum bir vaqt o‘tgach, ayol uxlab qoladi, qizcha esa smartfon o‘ynashda davom etadi.
"Telefon bilan nima sodir bo‘lgani hali noma'lum. Ammo qizchani tok urgan va uning yuragi urishdan to‘xtagan. Faqat ertalab ota-ona farzandining o‘lib qolganligini sezishgan. Uni jonlantirish bo‘limiga olib kelishgan, ammo shifokorlar unga yordam bera olishmadi", - deb xabar berildi viloyat bolalar shifoxonasida.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024