O‘zbekiston | 13:32 / 05.12.2016
7061
1 daqiqa o‘qiladi

ShHT: O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi oshkora va demokratik tamoyillar asosida bo‘lib o‘tdi

Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi uchun o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovlarda kuzatuvchilik qilgan missiyasi rahbari saylov xususida o‘z fikrlarini bildirdi. 

Foto: Sectsco.org

O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi ochiq, demokratik bo‘lgan va barcha xalqaro me'yorlarga mos tarzda o‘tkazilgan. Shanxay hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilari missiyasi rahbari, tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov shunday bayonot bergan. 

"O‘zbekiston prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar ochiq, demokratik ruhda, milliy qonunchilik va xalqaro me'yorlarga mos ravishda bo‘lib o‘tdi", — degan Alimov. Uning ma'lum qilishicha, ovoz berish kuni missiya a'zolari Toshkent shahri va viloyatlardagi 181 ta saylov uchastkasiga borgan. 

"Ularning barchasida xodimlarning yuqori malakasi hamda aholi faolligini qayd etdik", — deya ta'kidlagan ShHT bosh kotibi. 
 

Mavzuga oid