Jamiyat | 20:05 / 06.12.2016
5952
2 daqiqa o‘qiladi

Lipetsklik ayol vafot etgan otasi o‘rniga pensiya olib yurgani uchun katta muddatga qamalishi mumkin

Foto: Getty Images

Rossiyaning Lipetsk viloyatida yashovchi 62 yoshli ayol otasining vafot etganini yashirib, uning o‘limidan keyin otasi uchun 23 yil pensiya olib yurgan. 

Oqibatda noqonuniy yo‘l bilan 2,59 mln rublni o‘zlashtirgan ayolga 10 yillik qamoq jazosi havf solmoqda, deb ma'lum qildi Lipetsk viloyati prokuraturasi matbuot xizmati. 

"1954 yilda tug‘ilgan lipetsklik ayol 1994 yil avgustidan 2016 yil mayigacha Rossiya Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi xodimlarini aldab, vafot etgan otasi uchun pensiya olib yurgan. O‘g‘irlangan pullarning qiymati 2,59 mln rublni tashkil qilgan", deyildi prokuraturada. 

Shu sababli prokuratura o‘ta yirik miqdorda firibgarlik holati bo‘yicha ayblov xulosasini tasdiqladi. Ayolga 10 yil qamoq jazosi va 1 mln rubl jarima xavf solmoqda. 

Prokuraturada ma'lum qilinishicha, ayol 2010 yil yanvaridan 2016 yil mayigacha kommunal to‘lovlar va yashash joyiga haq to‘lashda urush faxriysi bo‘lgan otasi imtiyozlaridan foydalanib, otasi uchun 71,1 ming rubllik kmpensatsiya olgan. 

Prokuraturada ta'kidlanishicha, firibgarlik ayol Lipetskda, otasi esa qishloqda yashagani sababli mumkin bo‘lgan. "Avvalroq erkak qizinikida yashagan, uning manzili bo‘yicha pensiyasini olgan, keyin esa qishloqqa qaytib ketib, 1994 yilda vafot etgan. Biroq ayol o‘z manzili bo‘yicha pensiya keltirgan pochtalonlarga otasi qishloqda yashayotganini aytib, u uchun to‘lov vedomostida imzo chekib yurgan", deb aytildi prokuraturada. 

 

Mavzuga oid