Iqtisodiyot | 08:33 / 07.12.2016
10539
1 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp o‘zining barcha aksiyalarini sotib yubordi

Foto: © AP

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘ziga tegishli bo‘lgan barcha aksiyalarni sotib yubordi, deb yozadi The Washington Post.

Xabar qilinishicha, Tramp o‘zining ba'zi bir banklar, neft kompaniyalari va boshqa korporatsiyalardagi aksiyalarini sotib yuborgan. Bu holat iyunda yuz bergan bo‘lib, tadbirkorning prezidentlik lavozimi uchun kurash olib borayotganida turli mojarolar kelib chiqmasligi uchun qilingan.

Aktsiyalarni sotish saylangan prezidentga o‘zining saylovoldi kampaniyasini qo‘shimcha tarzda moliyalashtirish imkonini berdi.

Ma'lumot uchun, AQShning saylangan prezidenti moliyaviy ahvoli haqidagi ma'lumotlarni 2018 yilning may oyiga qadar oshkor etmaslikka haqqi bor.
 

Mavzuga oid