O‘zbekiston | 16:38 / 08.12.2016
49624
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov «Yandeks» tizimida eng ko‘p qidirilgan shaxslar ro‘yxatidan joy oldi

Rossiyaning “Yandeks” qidiruv tizimi yil yakunlarini sarhisob qilib, 2016 yilda foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p izlangan so‘rovlarni ma'lum qildi. 

Qidiruv talablari orasida yetakchilik hamon – “ob-havo” va ijtimoiy tarmoq nomlarida qolgan. 

“Mamlakat va dunyodagi hodisalar” reytingida birinchi o‘rinda RF Davlat dumasiga saylovlar, ikkinchi – AQSh prezidenti saylovlari, uchinchi pog‘onada esa “Rossiyadagi cho‘chqa grippi” so‘rovlari qayd etildi. 

“Yandeks”ga ko‘ra eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp, aktyor Leonardo DiKaprio va xonanda Valeriy Obodzinskiy joy oldi. Shuningdek, o‘nlikdan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, jurnalist Pavel Sheremet va musiqachi Devid Boui ham o‘rin egalladi.

“Ayollar” qismida esa ko‘proq Kseniya Sobchak izlangan. Ro‘yxatdan manekenchi ayol Regina Zbarskaya, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xilari Klinton va AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Melaniya Tramp ham joy oldi.

Eng shov-shuvli premera deb esa iPhone yangi modellarining chiqarilishi tan olindi. 

Sport olamidagi eng ommabop voqeaga – Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada aylandi. 

Mavzuga oid