Telegram’da yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Dastur ishlab chiqaruvchilari IFTTT (If This Then That) servislar o‘rtasida o‘zaro birlashtiruvchi platformani taqdim etishdi.
Unga ko‘ra, endilikda messenjerda suhbatlarni saqlab qo‘yish imkoni mavjud. Shuningdek, IFTTT 360 dan ortiq ilovani birlashtirishga yordam beradi. Ular orasida Twitter, Instagram, Gmail, Dropbox, «Google Disk», Spotify, Pinterest va boshqalar bor. Messenjer ishlab chiqaruvchilarining so‘zlariga ko‘ra, Telegram «IFTTT bilan butunlay birlashgan» birinchi servis bo‘ldi.
IFTTT bilan birlashish uchun @IFTTT botini ishga tushirib, platforma saytida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Shuningdek, IFTTT-botni guruhli chat yoki xususiy kanalga qo‘shish imkoni yaratildi. Bu esa foydalanuvchiga unga ma'qul bo‘lgan axborot yoki xizmatlarni suhbatdosh va obunachilari bilan bo‘lishish imkonini beradi. Xususan, Instagram-sahifadan yangi fotosuratlarni yuklab olishni sozlash ham mumkin.
Ko‘plab kanalga a'zo bo‘lgan, turli xil guruhlarda muloqat qiladigan va ko‘pgina botlarni ishlatadigan foydalanuvchilar uchun ham qulay funksiya kiritildi. Endi messenjerning Android hamda iOS versiyasida eng muhim 5ta chatni yuqoriga “mixlab” qo‘ysa bo‘ladi.
Bundan tashqari, Android-versiyasida ham avvalroq iOS-versiyada ishlab chiqilgan funksiya – foto-redaktorga yuborilayotgan suratni ikki tomonga ham 45 darajaga aylantirish imkonini qo‘shildi.
iOS-versiyasida endi Youtube/Vimeo videoxostingidagi roliklarni chatlarda suhbat qurayotgan vaqtda ham tomosha qilish funksiyasi kiritildi.
Mavzuga oid
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
23:29 / 18.09.2024