O‘zbekiston | 10:03 / 09.12.2016
16768
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT Bosh kotibi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda

YeXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvni sabrsizlik kutmoqda. U bu haqda Davlat rahbariga yo‘llagan tabrik maktubida so‘z yuritgan. 

"Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman. YeXHT bilan O‘zbekiston o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va Sizning rahbarligingizda o‘zaro manfaatli ushbu munosabatlarni yanada rivojlantirishimizga ishonaman. 

Bugun barchamiz xavfsizlik borasida ko‘plab global tahdidlar bilan yuzma-yuz kelayotganimizda YeXHT mintaqasida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi hamkorligimiz davom etishiga ishonamiz. YeXHT O‘zbekistonda o‘z prinsip va majburiyatlarini amalga oshirishni davom ettirishga tayyor. 

YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi O‘zbekistonga Prezident saylovini kuzatish missiyasini amalga oshirishga taklif etilgani uchun o‘z minnatdorligimni bildirishga ruxsat bergaysiz. Siz YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishingizga ishonaman. 

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va, umuman, YeXHT makonida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotganini va tashkilot faoliyatida yanada faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu masalalarni Siz bilan muhokama qilish imkoniyati paydo bo‘lishini kutib qolaman", — deb yozadi YeXHT Bosh kotibi Lamberto Zaner. 

 

Mavzuga oid