«Kiyev – Olmaota» samolyoti o‘zbekistonlik mast erkak sabab favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi
Samaraning «Kurumich» aeroportida 8 dekabr kuni soat 3:00 da «Kiyev – Olmaota» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Airbus A-319 samolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi Samru.ru.
Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotda 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Kuybishev transport prokurori o‘rinbosari Darya Kalinichevaning xabar berishiga ko‘ra, samolyot Samarada mast holatda bo‘lgan yo‘lovchi sabab 2,5 soat qolib ketgan. U olib chiqilgach, layner belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirgan.
Ma'lum bo‘lishicha, 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi samolyot bortida o‘z rafiqasi bilan janjallashib, uni urgan. Layner ekipaji esa Samarada favqulodda qo‘nish haqida qaror qabul qildi. Mast tartibbuzar politsiya bo‘linmasiga olib ketildi.
Mavzuga oid
20:25 / 19.09.2024
Moskva aeroportlarida xorijliklar uchun yangi qoidalar joriy etiladi
10:45 / 12.09.2024
«Hech kim yordam berolmaydi» – Moskva aeroportida Rossiya fuqaroligini rad etgani uchun qaytarilgan migrant hikoyasi
08:54 / 12.09.2024
Shahrisabz aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi
17:16 / 09.09.2024